UNIVERSITET XIYOBONIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI TO‘LIQ TIKLANDI, SADRIDDIN AYNIY KO‘CHASI YOPILDI

Samarqand shahrining Universitet xiyobonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakuniga yetkazildi va transport vositalarining harakati to‘liq tiklandi. Shuningdek, navbatdagi ishlar Sadriddin Ayniy ko‘chasida boshlandi.
Shu munosabat bilan Sadriddin Ayniy ko‘chasining Panjikent ko‘chasi bilan kesishmasidan Gulobod ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘chaning ta’mirlab bo‘lingan qismi navbati bilan ochib boriladi va o‘sha hududda transport vositalarining harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
June 20, 2022, 7:31 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025