UMUMIY OVQATLANISH XIZMATINI KO‘RSATUVCHI TADBIRKORLARGA SOLIQ IMTIYOZLARI TUSHUNTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 07.11.2024 yildagi VMQ-745-son qaroriga ko‘ra ayrim tadbirkorlarga byudjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.
2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga-byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.
2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
➖60 foiz va undan yuqori bo‘lganda— budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
➖60 foizdan kam bo‘lganda—budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Salomov Shuhrat” OK ning manziliga borgan holda mazkur yengilliklar va imtiyozlardan foydalanish shartlari, shuningdek, Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025