TURAR VA NOTURARJOY OBYEKTLARI MULKDORLARI BILAN OCHIQ MUHOKAMA BO‘LIB O‘TDI

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-fevraldagi qaroriga asosan, Samarqand shahridagi "Chokardiza" qabristonida joylashgan Imom Moturudiy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofida buyuk ulamolar dafn etilgan qabrlarni qayta tiklash hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini barpo etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2025-yil 20-martdagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand shahar Sharq mahallasi Imom Moturudiy yodgorlik majmuasi hududida ko‘chirilishi rejalashtirilgan turar va noturarjoy obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand shahar hokimining o'rinbosari Feruz Najmiddinov ishtirok etib, hududda amalga oshirishi belgilangan ishlar bo‘yicha fuqarolarga tushuncha berdi.
Bundan tashqari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yer uchastkalarining mulkdorlari (ularning vakillari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borildi.