Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TO‘Y VA MAROSIMLARNI IXCHAM O‘TKAZISH MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

TO‘Y VA MAROSIMLARNI IXCHAM O‘TKAZISH MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Xalqimizda qadim-qadimdan davom etib kelayotgan to‘y, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar milliy qadriyat sifatida alohida o‘rin tutadi. Ularning asli maqsadini yo‘qotmagan holda zamon talablariga muvofiq, kamxarj va mazmunan boy o‘tkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida"gi Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Yangi O‘zbekistonda to‘y, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlarni ixcham, kamxarj o‘tkazishning oilalar iqtisodiyotiga huquqiy va ma’naviy ta’siri" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent H.D.Norqulov, Samarqand shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassislari, mahalla xotin-qizlar faollari, Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari, otinoyilar, imom-xatiblar, Adliya bo‘limi, IIB xodimlari hamda Samarqand shahar fuqarolik sudining oila sudyasi ishtirok etdi.

Suhbatda Samarqand shahrida ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tayotgan to‘ylar oldini olish, ularning yosh oilalar hayotiga salbiy ta’siri, oilaviy ajrimlar sabablari hamda ularni barvaqt aniqlash yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, oilalar bilan samarali muloqot o‘rnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 
 
April 22, 2025, 10:31 a.m. |