TOLLIYEV ELYOR MUSURMANOVICH SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANI SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I ETIB TAYINLANDI

Elyor Tolliyev 1983-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2004-yil Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini iqtisodiyot (bakalavriat), 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini davlat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Elyor Tolliyev davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2005-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va deklaratsiyalashtirish sho'basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.
E.Tolliev soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025