TASHQI REKLAMANI JOYLASHTIRISH TARTIBINI BUZGANLIK BAZAVIY HISOBLASH MIQDORINING 50 BARAVARI MIQDORIDA JARIMAGA SABAB BO‘LADI

Samarqand shahrining Buyuk Ipak Yo‘li, Amir Temur va Chuquryo‘l ko‘chasida o‘boshimchalik bilan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 200 dan ortiq targ‘ibot vositalari ishchi guruhi tomonidan tartibga olinib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.
Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan, tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorida jarimaga tortilishingizni ogohlantiramiz. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
July 15, 2024, 10:18 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025