Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TARIXIY OBIDALAR BO‘YLAB AVTOBUSDA SAYOHAT QILING

Tarixiy obidalar bo‘ylab avtobusda sayohat qiling

Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida tarixiy maskanlarni o‘zaro bog‘lovchi yo‘nalishda ikki qavatli sayyohlik avtobusi harakati yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergandik. Hozirda 2 ta avtobus yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilgan.

Sayyohlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasini bir-biri bilan bog‘lovchi mazkur halqa yo‘nalishidagi avtobuslarda tarixiy va zamonaviy Samarqand bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Avtobuslardan foydalanish narxi bir yo‘lovchi uchun bir kunlik sayohat narxi 100 000 (yuz ming) so‘m, yosh bolalar uchun 50 000 (ellik ming) so‘mni tashkil etadi. 

Eslatib o'tamiz, olingan chiptadan kun davomida foydalanish mumkin.

 
 
May 13, 2025, 5:44 p.m. |