Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi

Samarqand shahrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning taklif va muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Shahar hokimining o‘rinbosarlari va shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Uchrashuvda 15 ga yaqin tadbirkor ishtirok etib, yer ajratish, moliyaviy ko‘mak, kredit masalalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha murojaat va takliflarini bildirdi.

Ayrim muammolar uchrashuvning o‘zida hal etildi. Vaqt talab etuvchi masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va ijro muddati belgilandi.

 
 
July 16, 2025, 8:34 p.m. |