SOG‘LOM HAYOT SARI YANA BIR QADAM!

Sport – bu nafaqat sog‘lom hayot, balki do‘stlik, hamjihatlik va iroda timsoli.
SHu kunlarda "Sog‘ tanda – sog‘ aql!" tamoyili asosida Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan shahardagi yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqa yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shish, jamoaviylik va raqobat ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. To‘rtta jamoa ishtirok etadigan bellashuvlarda sportchilar mahorat va irodalarini sinab ko‘rmoqda.
Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilarning sa’y-harakatlari e’tirof etiladi.
Jan. 29, 2025, 6:05 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025