Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SIFATSIZ BAJARILGAN ISH JOYIDA BUZDIRILDI

Sifatsiz bajarilgan ish joyida buzdirildi

 

Har qanday turdagi qurilish ishlarining sifatli va xavfsiz bajarilishi, amaldagi qurilish me’yorlari va shaharsozlik hujjatlariga to‘liq rioya etilishi g‘oyat muhimdir. Shu sababdan joylarda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, Samarqand shahri “Sayhun” mahallasidagi rekonstruksiya qilinayotgan 77-sonli maktabda navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish dvaomida obyektdagi qurilish-montaj ishlari holati, qo‘llanilayotgan qurilish materiallarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, texnika xavfsizligi, shuningdek, obyekt qurilishiga mas’ul pudrat tashkilotining ish yuritish tartibi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida binoning ikkinchi qavatida davom etayotgan g‘isht terish ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanib, ishlarning sifatsiz bajarilgan qismi joyida buzdirildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 
 
Aug. 7, 2025, 8:21 p.m. |