SHAHARNING CHEKKA HUDUDIDA FUQAROLAR MUAMMOSI TINGLANYAPTI

Ayni paytda Samarqand shahar prokurori B.Oblaqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shahardagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Sheryigitovning 2-sektor hududidagi Cho‘pon Ota, Bunyod va Shirin mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Qabulda fuqarolar o‘zlarining muammo va takliflari bilan murojaat qilyapti. Unda asosan, chiqindi, yo‘l, tibbiy xizmat hamda BSK xizmati kabi qator masalalar yuzasidan murojaat bo‘lmoqda.
Aksariyat murojaatlar joyida bartaraf etilib, vaqt talab qiladiganlarini belgilangan muddatlarda tezkor yechimini qilish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berilyapti.
Bu haqda qo‘shimcha axborot beriladi...
Jan. 21, 2025, 11:12 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025