Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHARDA FAOLIYAT YURITUVCHI “BO‘STONSAROY KOMMUNAL” BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI BIRINCHI

Shaharda faoliyat yurituvchi “Bo‘stonsaroy kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi birinchi

 

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, faoliyat olib borayotgan boshqaruv organlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning viloyat bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 7 ta boshqaruv servis kompaniyasi ishtirok etdi.

Ularning ishini baholashda boshqaruv servis kompaniyalarining zamonaviy talablarga qanchalik javob berishi, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, boshqaruv organlari tarkibidagi ishchi-xodimlar shayligi hamda qonunchilik hujjatlaridan xabardorligiga e’tibor qaratildi. 

Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Bo‘stonsaroy kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi birinchi o‘rinni (https://t.me/zarnews_uz/100021) qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
 

 
 
March 1, 2025, 12:19 p.m. |