Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHARDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI YANA BIR QULAY MASKAN TASHKIL ETILMOQDA

Shaharda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yana bir qulay maskan tashkil etilmoqda

 

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligida viloyat musiqali drama teatri atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi ko'zdan kechirildi. 

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda teatr binosi oldida  qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu joyda hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari uchun xizmat ko‘rsatish shaxobchasi barpo etilmoqda. 

Ishlar doirasida hududda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish, teatrning zamonaviy tarzda qayta ta’mirlangan muhtasham binosiga mos infratuzilmani shakllantirish, doimo odamlar bilan gavjum bo‘ladigan maskanga aylantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
 

 
 
April 8, 2025, 12:24 p.m. |