Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMLIGIDA NAVBATDAGI SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI TASHKIL ETILDI

Shahar hokimligida navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi

Samarqand shahar hokimligida o'tgan siyosiy-ma’rifat soatida Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatida 18-19 va 20 noyabr kunlari o'tkazilgan majlislardagi nutqining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

SHuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining aholi muammolarini o‘rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyatini oshirish, stressli va nizoli vaziyatlarda davlat xizmatchilarining psixologik barqarorligini oshirish kabi qator masalalarga to‘xtalindi.

Mavzu yuzasidan axborot bergan SamDU professori Suyun Karimov hamda hokim o‘rinbosari Farhod Nishonov ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berdi.

O'quv yakunida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. 
 

 
 
Dec. 20, 2024, 11:56 a.m. |