SHAHAR HOKIMLIGI TASHKILIY-KADRLAR GURUHIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Samarqand shahar hokimining tegishli qaroriga ko‘ra, Qodirov Akbar Xurramovich Samarqand shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi.
Akbar Qodirov bunga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan.
Ushbu lavozimda ishlab kelgan Rahmatullayev Alimardon To‘ramurodovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
May 17, 2023, 10:24 a.m. |