SAMARQANDGA YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINDI

Samarqand shahrida turistik yo‘nalishda 8 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Azim Travel service” hamda “CATO E MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta ASIASTAR rusumli avtobuslar olib kelindi.
Korxona rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, avtobuslar o‘z mablag‘lari hamda kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasining “Yangzhou Yaxing Motor Coach Co. LTD” korxonasidan xarid qilingan.
Avtobuslarning beshtasi 60 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Qolgan bittasi esa 35 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega. Sayyohlik sohasida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ushbu transport vositalari barcha zamonaviy talablar asosida jihozlangan.
Aug. 23, 2023, 4:49 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025