SAMARQANDDA “MAHALLA BANKIRLARI” TIZIMI YO‘LGA QO‘YILDI

AT "Aloqabank" Samarqand hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazida aholi va tadbirkorlik subektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla bankirlari faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi tashkil etildi.
Ushbu tizim orqali shahardagi har bir mahallaga “mahalla bankiri” va yordamchi-agentlari biriktirilib, quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda:
Hududning biznes imkoniyatlarini o‘rganish va aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
Fuqarolar bilan individual ishlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish va tomorqalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish;
Aholi tashabbuslarini biznes loyihalarga aylantirish, yangi tadbirkorlik subektlarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirish;
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularning moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash va imtiyozli kreditlardan foydalanishga yo‘naltirish;
Fuqarolarga kredit olish va qarz mablag‘larini belgilangan tartibda qaytarishda yordam berish;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali realizatsiya qilishga ko‘maklashish;
Investisiya imkoniyatlari, moliyaviy xizmatlar va bank kreditlari bo‘yicha aholiga tushunchalar berish.
Mazkur tashabbus Samarqand shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025