Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND VILOYATI PROKURORINING BIRINCHI O‘RINBOSARI S.BAZAROV VA SHAHAR PROKURORI B.OBLAKULOV TOMONIDAN PREZIDENTNING JORIY YIL 1-YANVARDAGI 1-SONLI VA 111-SONLI QARORLARI IJROSI YUZASIDAN “QIZIL” TOIFAGA TUSHGAN 15 TA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.

Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bazarov va shahar prokurori B.Oblakulov tomonidan Prezidentning joriy yil 1-yanvardagi 1-sonli va 111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan “qizil” toifaga tushgan 15 ta “mahalla yettiligi” bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Unda jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni o‘z vaqtida hisobga qo‘yish, ijtimoiy profilaktika ob’yektlari bilan ishlash, jinoyatning sabablarini aniqlab, bartaraf etish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. 

Yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, ijtimoiy profilaktika bo‘yicha qo‘shma xulosalar tuzish, korrupsion holatlarga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasida idoralar birdek mas’ulligi, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlamagan mas’ullar intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. 
 

 
 
April 10, 2025, 11:06 a.m. |