SAMARQAND VILOYATI HOKIMI VAZIFASINI BAJARUVCHI ADIZ BOBOYEV BOSHCHILIGIDAGI VILOYATIMIZ DELEGATSIYASI XITOY XALQ RESPUBLIKASINING TYANSZIN SHAHRIDA BO‘LIB, USHBU HUDUDDA JOYLASHGAN QATOR YIRIK KORXONA VA TASHKILOTLAR FAOLIYATI BILAN TANISHMOQDA.

Delegatsiyaning dastlabki tashrif ob’yekti yirik kabel ishlab chiqaruvchi "Jiangtong North China (Tianjin) Copper Co., Ltd." qo‘shma korxonasi bo‘ldi. Mazkur korxona mahsulotlari elektr energiyasi, kimyo, neft-kimyo, qozonchilik, isitish, kemasozlik va qurilish sohalarida keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatli. Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi.
Ma’lumot uchun: 2024 yilda qo‘shma korxonaning umumiy yillik tovar aylanmasi 42 mlrd. AQSH dollarini, ishlab chiqarish quvvati esa 740 ming tonna mahsulotni tashkil etgan.
Jan. 16, 2025, 9:32 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025