SAMARQAND VA SINDAO SHAHRI O‘RTASIDAGI ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahar Xalq siyosiy maslahat Kengashi qo‘mitasi raisi Men Sinbin boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki shahar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va savdo-iqtisodiy, turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlarning yaqinda SHHTga a’zo davlatlari uchun 2024 yilgi Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Sindaoda bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida ishtirok etgan shahar hokimining mahallalardagi yordamchilari bilan muloqoti tashkil etilib, ularning olgan tajribalari bilan bulishish orqali fikr-mulohazalari tinglanib, navbatdagi rejalarga kelishib olindi.
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025