SAMARQAND VA NARA SHAHRI HOKIMLARI UCHRASHDI

Biroz avval xabar qilganimizdik Yaponiyaning Nara shahri hokimi Gen Nakagava boshchiligidagi delegatsiyanining Samarqand shahriga safari davom etmoqda.
Ayni paytda delegatsiyaning shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tyapti.
Unda ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
April 17, 2025, 11:41 a.m. |