Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDAGI JAMOAT TRANSPORTLARIDA YO‘L HAQI O‘ZGARDI

Samarqand shahridagi jamoat transportlarida yo‘l haqi o‘zgardi

 

Viloyat hokimining 2025-yil 15-apreldagi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahri hududida shahar yo‘lovchi transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tariflar miqdori o‘zgardi. 

Xususan, qaror e’lon qilingan kundan boshlab bir yo‘lovchi uchun:

a) to‘lov naqd pul orqali amalga oshirilganda – 3000 (uch ming) so‘m;

b) to‘lov transport va bank kartasi orqali amalga oshirilganda 1 martalik cheklangan tarif miqdori – 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, qarorda shahardagi barcha yo‘nalishlarda jamoat transporti kech soat 22:00 ga qadar, turistik yo‘nalishlarda esa soat 23.59 ga qadar amalga oshirilishini ta’minlash qayd etilgan.

 
 
April 16, 2025, 10:12 a.m. |