SAMARQAND SHAHRIDAGI 52 NAFAR O‘QUVCHI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI

Samarqand shahridagi 45-maktabning 52 nafar 11-sinf o‘quvchisi Rossiya davlatining 5 ta nufuzli (Novgorodskiy GU, Novosibirskiy GTU, Ufinskiy UNI, Kemerovskiy GU va Irkutskiy NITU) universitetiga grand asosida muddatidan oldin talaba bo‘lishdi.
Bugun olimpiadada yuqori natijalarga erishgan 52 nafar bituruvchiga sertifikatlar topshirildi va ularga minnatdorchilik bildirilib, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Ma’lumot uchun yuqorida aytilgan oliygohlardan Novosibirskiy Gosudarstvennыy Texnicheskiy va Irkutskiy Nasionalno Issledovatelskiy Texnicheskiy universiteti top-1000 talik universitetlar reytingida turadi.
Dec. 20, 2023, 12:03 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025