SAMARQAND SHAHRIDA «SHIJOAT VA G'AYRAT» HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING SHAHAR BOSQICHI O'TKAZILDI

✅ Ayni musobaqada shaharning har bir mahallasidan 10 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, jami 2000 nafarga yaqin yoshlar ishtiroki ta'minlandi. O'yinda ishtirok etish istagini bildirib ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni esa, 24 ming nafarni tashkil etadi.
Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Sarvar Boboyev va hamkor tashkilot mas'ullari tomonidan musobaqaning shahar bosqichi tantanali ochib berildi.
✅Eslatib o'tamiz, musobaqaning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan mahallalarga universal sport maydonchasi, strit vorkaut maydonchasi, vorkaut maydonchasi qurib beriladi. Shuningdek , harbiy oliygohlarga kirish uchun imtiyoz beriladi.
April 16, 2025, 4:42 p.m. |