Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA KUZ-QISHGA TAYYORGARLIK BORASIDAGI ISHLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA

Samarqand shahrida kuz-qishga tayyorgarlik borasidagi ishlar holati o‘rganilmoqda

Navbatdagi nazorat tadbirlari Samarqand viloyati “Issiqlik manbayi” DUK tomonidan amalga oshirilayotgan Samarqand shahri hududidagi RK-2 qozonxonasini modernizatsiya qilish, issiqlik tarmog‘ini almashtirish, issiqlik energiyasi hisoblagichlar bilan birga individual issiqlik punktlari o‘rnatish borasidagi loyihaga qaratildi.

Bunda ishchi loyiha hujjatlari ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlar bilan joyiga chiqqan holda tanishildi. Barcha ishlar loyihada ko‘rsatilgani kabi sifatli bajarilishi lozimligi ta’kidlandi, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish borasida ko’rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida yangi qozonxona binosini qurish, 2 ta 30 MVt, 1 ta 40 MVt quvvatdagi jami 3 ta isitish qozonlarini o‘rnatish, nasoslar, suv tozalash uskunalari o‘rnatish, qariyb 6 km issiqlik tarmog‘i qurish, jami 61 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish kabi ishlar bajarilishi belgilangan.

 
 
Aug. 12, 2025, 9:42 p.m. |