SAMARQAND SHAHRIDA IJTIMOIY DO‘KON ISH BOSHLADI

Bugun, 23-fevraldan boshlab Samarqand shahridagi So‘g‘diyona massivida ijtimoiy do‘kon o‘z faoliyatini boshladi. Unda muhtojligi bor fuqarolarga kiyim-kechaklar bepul beriladi.
Do‘kon tashkilotchilari maʼlum qilishicha, ijtimoiy do‘kon har kuni soat 16:00dan 18:00 gacha ochiq bo‘ladi. Xohlovchilardan bahorgi, yozgi kiyim-kechak va poyabzallar qabul qilinadi. “Farzandlaringizga, o‘zingizga kichkina bo‘lib qolgan kiyim-kechaklarni olib kelsangiz biz ularni mahalla orqali kam taʼminlanganlarga yetkazamiz, mazkur kiyimlarga ehtiyoji borlar So‘g‘diyonadagi Yangiobod masjidi yonida joylashgan ijtimoiy do‘konimizda kutamiz”, deyiladi do‘kon ochilishiga bag‘ishlangan eʼlonda.
Feb. 23, 2023, 2:02 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025