Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

Samarqand shahrida hokim yordamchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Samarqand shahar hokimligida shahar hududlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida Edo.ijro.uz elektron tizimida murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hokim yordamchilariga murojaatlarni qabul qilish, tizimga to‘g‘ri kiritish, ularning ijrosini nazorat qilish va muddatida hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan Edo.ijro.uz tizimida ishlash tartibi, platforma orqali murojaatlarni yuritish, tegishli tashkilotlar bilan elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaldagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashishdi.

 
 
Aug. 1, 2025, 12:56 p.m. |