SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGIDA SHAHAR SEKTOR SHTAB A’ZOLARI ISHTIROKIDA O‘QUV-AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
Unda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Z.Saidova hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari A.Ibragimov va bir guruh mas’ullar so'z olib, mavzuga aloqador masalalar yuzasidan axborot berdi.
Seminarning asosiy maqsadi – endilikda sektor rahbari sifatida ham faoliyat yuritadigan hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda sektorlar faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish. Shuningdek, fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatish va aholini rozi qilishdir.
Tadbirda taklif va fikrlar bildirildi, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
July 21, 2025, 1:39 p.m. |