SAMARQAND SHAHAR HOKIMI BOSHCHILIGIDA KO‘CHALARDAGI OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILMOQDA

Ayni paytda Samarqand shahridagi infratuzilmani yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilyapti.
Hozirda bu jarayon shaharning Firdavsiy ko‘chasida davom etmoqda. Unda yo‘llarning texnik holati, yo‘l belgilari, piyodalar yo‘lakchasi, ko‘cha yoritish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari va obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘chadagi muammolarni hal etish maqsadida mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berilyapti.
June 16, 2025, 6:19 p.m. |