SAMARQAND SHAHAR BO‘YICHA ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan shahаrda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Sulaymonov Abdurasul Komilxonovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Tayinlovga qadar A.Sulaymonov viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
May 20, 2025, 5:58 p.m. |