"SAMARQAND – DUSHANBE" YO‘NALISHI BO‘YICHA BIRINCHI AVIAREYS KUTIB OLINDI

Samarqand xalqaro aeroportiga Dushanbedan kelgan havo layneri kelib qo‘ndi.
Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
- Mazkur yo‘nalishni tashkil etish uchun ikki yil vaqt ketdi, - deydi “Air Marakanda” aviakompaniyasi direktori o‘rinbosari D.Martinenko. - Aviareyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
July 21, 2025, 9:47 a.m. |