RUDAKIY VA GAGARIN KO‘CHASI KESISHMASINING BIR QISMI VAQTINCHA YOPILADI

Ayni paytda Samarqand shahrining Rudakiy va Gagarin ko‘chasi kesishmasida tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Gagarin ko‘chasining ish olib borilayotgan qismida transport vositalarining harakati bir tomonlama cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, ishlar 48 soatga qadar to‘liq oxiriga yetkazilishi va transport vositalarining harakatiga qayta ruxsat etilishi belgilangan.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Aug. 13, 2023, 12:42 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025