REGISTON KO‘CHASIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligini keng nishonlash maqsadida Samarqand shahrida qator tadbirlar o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida soat 08:30 dan soat 11:00 ga qadar Registon ko‘chasi (Non bozorcha)dan Ko‘ksaroy maydoniga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Nov. 16, 2024, 4:55 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025