QISHGA TAYYORGARLIK: RUDAKIY KO‘CHASIDAGI RK-1 MARKAZIY QOZONXONASIDAGI ISHLAR KO‘RIB CHIQILDI

"Qishning g‘amini yozda ye" deganlaridek, Samarqand shahar hokimi F.Umarov, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov va bir guruh mutasaddilar ishtirokida Rudakiy ko‘chasida joylashgan RK-1 markaziy qozonxonasida hamda 93 ta ko‘p qavatli uy-joylar issiqlik tizimini qаyta tiklash borasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi.
Bunda ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylarning ichki isitish tizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlarning sust olib borilayotganligi tanqidiy muhokama etilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
June 22, 2025, 10:26 a.m. |