QIRG‘IZISTONLIK OAV VAKILLARI — SAMARQAND SHAHRIDA

Qirg‘iz Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.
Mehmonlar shahar bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Ularga Sohibqiron va temuriylarning davlatchilik tarixi, bunyodkorlik ishlari xususida ma’lumotlar berildi.
So‘ngra mehmonlar Registon maydonida bo‘lib, madrasalar va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Shuningdek, qirg‘izistonlik ommaviy axborot vositalari vakillari Bibixonim masjidi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Shohi Zinda majmuasida bo‘ladi.
Oct. 12, 2024, 12:10 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025