QIRG‘IZ RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAMARQANDGA KELDI

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali muhmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.
April 3, 2025, 2:20 p.m. |