PASTDARG’OM TUMANIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

Pastdarg’om tumani hokimligida o’tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Murotqobilov Vahobjon Abdug’aniyevich nomzodi Pastdarg’om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Vahobjon Abdug’aniyevich Murotqobilov 1974-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan. O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig’i, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.
April 19, 2023, 10:55 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025