"OSH FESTIVALI" MUNOSABATI BILAN GALAKONSERT TASHKIL ETILADI

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida 1, 2, 3-avgust kunlari "Samarqand OSHI" festivali bo'lib o'tadi.
Festival 3 kun tashkil etiladi:
1-KUN – Mahalliy oshpazlar ishtirokida musobaqa (Sulton Hovand Beka maqbarasi - Ashratxonada);
2-KUN – Xorijiy oshpazlar ishtirokida (Alisher Navoiy ko'chasida);
3-KUN – 7 TONNA osh tayyorlash jarayoni (Boqiy shahar majmuasida);
Boqiy shaharda tashkil etiladigan festival yakunida konsert dasturlari va tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
Unda poytaxtdan kelgan taniqli san'atkorlar – Nilufar Usmonova, Muhammadziyo, Lola Ahmedova hamda Oybek va Nigora o‘z chiqishlari bilan (kirish barcha uchun bepul) ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, tayyorlangan osh mehribonlik uylari, nogironligi bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, qariyalar uylari kabi muassasalarga yetkazib beriladi!
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
Aug. 1, 2025
July 31, 2025