“OQILA AYOLLAR” HARAKATI MUHIM VAZIFALARNI BAJARMOQDA

Samarqand shahri “O‘zbekiston” mahallasida “Oqila ayollar” harakati doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar ongiga milliy urf-odatlar va ezgu an’analarni singdirish, xotin-qizlar ma’rifati va farzand tarbiyasi kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Unda mahallalarda barqaror oila muhitini shakllantirishda davlat idoralari, ta’lim muassasalari, nuroniylar va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
“Oqila ayollar” harakati — ma’naviyat, muhabbat va barqarorlik sari muhim qadam.
July 4, 2025, 7:52 p.m. |