OBODONLASHTIRISH XODIMLARI UCHUN OSH TASHKIL ETILDI

Havo haroratining keskin pasayib ketishiga qaramay, xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, shahrimiz aholisi bu kabi qorli kunlarda bemalol harakatlanishlari uchun qulaylik yaratishda jonbozlik ko‘rsatayotgan shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tozalovchi xodimlarining mehnati har qanday e'tirofga loyiqdir.
Bugun Samarqand shahrining bir qator mahallalarida Sanoat Qurilish bank Samarqand filiali, Ipoteka bank Samarqand filiali hamda Trast bank Samarqand filiali tashabbusi bilan ushbu tozalik posbonlari uchun tushlik tashkil qilinib, osh tarqatildi.
SHuningdek, ularga issiq kiyimbosh va qo‘lqoplar sovg‘a qilindi.
Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda...
Jan. 13, 2023, 1:36 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025