NUROBODGA YANGI TRANSFORMATOR QO‘YILADI

Hozir Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning shahardagi Nurobod mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Unda fuqarolardan asosan, elektr energiyasi, yangi transformator o‘rnatish, obodonlashtirish hamda moddiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat bo‘lmoqda.
Murojaatlarning aksariyati joyida yechimini topmoqda.
- Mahallada qo‘shimcha transformatorga ehtiyoj bormi, demak o‘rnatishimiz shart, - dedi hokim murojaatchilardan biriga. - Bu masalani nazoratimga olaman va keyingi yilning birinchi choragida, albatta, transformator qo‘yiladi.
Samarqand shahar hokimining bu kabi qabullari barcha mahallada o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Dec. 12, 2023, 4:14 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025