Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH, HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH VA BOSHQA MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish va boshqa masalalar muhokama etildi

Samarqand shahar sektor rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Prezidentning 2024 yil 15 yanvardagi "Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalar tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga to‘xtalindi.

Tadbirda muammolarga tanqidiy yondashildi va hududlarda xavfsizlikni ta’minlash borasida takliflar bildirilib, qaror va farmon ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 
 
Feb. 20, 2025, 8:12 p.m. |