KVANDJU SHAHRIDA "SAMARQAND BURCHAGI" TASHKIL ETILADI

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Koreya Respublikasining Kvandju shahrida joylashgan Osiyo Milliy Madaniy markazi ijrochi prezidenti Kim Sangug boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ma’lumki, Samarqand va Kvandju shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Anglashuv bayoni imzolangandi va Samarqand shahar delegatsiyasining Osiyo Milliy Madaniy markazi rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvida ushbu markazda "Samarqand burchagi"ni tashkil etishga kelishib olingandi.
Ushbu maqsadda o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv chog‘ida do‘stona muloqot bo‘lib o‘tdi va hokimlik tomonidan markazga Samarqand shahar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar taqdim etildi.
Bu mahsulotlar "Samarqand burchagi"ni tashkil etish bilan birga shahrimizning boy madaniy merosini namoyon etishga xizmat qiladi.
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025