KVANDJU HAMDA SAMARQAND SHAHARLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Koreya Respublikasining Kvandju shahar hokimligining Xalqaro tinchlik hamkorligi bo‘limi boshlig‘i Djong Chang-Gyun boshchiligidagi delegasiya Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.
Bugun Samarqand shahar hokimligida Kvandju shahar delegasiyasini Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov qabul qildi hamda ikki shaharlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, fan va ta’lim, madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
April 6, 2023, 4:04 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025