Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

"KORRUPSIYADAN XOLI YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN BIRLASHAYLIK!"

"Korrupsiyadan xoli Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!"

 

Ayni paytda Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida shu shior ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tmoqda.

Marafon ochilishida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov korrupsiyaga qarshi kurashishda bu kabi ommaviy tadbirlar jamiyatning barqarorligi, adolatlilik va taraqqiyotini ta’minlashda muhim masala ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi va barchani faollikka chorladi.

Marafonda viloyat va shahar hokimliklari mas’ullari, viloyatdagi boshqarma, korxona va  tashkilotlar vakillari, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, yoshlar, harbiylar, ichki ishlar va bojxona xodimlari ishtirok etmoqda.

Musobaqa doirasida eng faol erkak va ayol ishtirokchi, eng yosh va eng keksa ishtirokchi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun va  boshqa turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Marafon bir vaqtning o‘zida viloyatning 16 ta tuman va shahrida ham o‘tkazilmoqda.
 

 
 
May 17, 2025, 3:46 p.m. |