Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI

Jinoyatchilikni oldini olish masalasi muhokama etildi

Sir emas, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Samarqand shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand shahar hokimi F.Umarov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bazarov hamda shahar prokurori B.Oblaqulov rahbarligida bir guruh mas’ullar bilan o‘tgan tadbirda Prezidentning 2025 yil 1-yanvardagi 1-sonli va 18-martdagi 111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda jinoyatlarni o‘z vaqtida hisobga qo‘yish, ijtimoiy profilaktika ob’yektlari bilan samarali ish olib borish, jinoyatlarning sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarmagan mutasaddilar intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida rasmiy ogohlantirildi.

 
 
April 14, 2025, 12:29 p.m. |