Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETYAPTI

Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar davom etyapti

 

Samarqand shahar hokimligida jinoyatchiliklarni oldini olish va unga qarshi ayovsiz kurashishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. 

Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi 1-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov hamda hokimlik mas’ullari, tegishli mutasaddilar va jinoyatchilik holati og‘ir bo‘lgan 22 ta mahalla vakili ham ishtirok etdi.
 
Unda mahallalardagi xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi farovonligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
 
Mutasaddilarga mavjud muammolarni bartaraf etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida jadal ish olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

 
 
March 26, 2025, 5:55 p.m. |