IKKI MAHALLADA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKILDI

Samarqand shahridagi Yangi Hayot va Chilquduq mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur ekologik tadbir Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda mahallalardagi hokim yordamchilari ham faol ishtirok etdi. Ekilgan ko‘chatlar atrof-muhitni yanada obodonlashtirish, shahar ekologiyasini yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Bu tashabbus doirasida Samarqand shahrida yana ko‘plab ko‘chatlar ekilib, tabiat muhofazasiga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
March 9, 2025, 9:05 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025