IKKI KO‘CHANING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARI VAQTINCHA HARAKATLANMAYDI

19 mart kuni Samarqand shahrida Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan tadbir o‘tkaziladigan hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 19 mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida hamda Firdavsiy ko‘chasining Cho‘lpon ko‘chasi kesishmasidan F.Mahmudov ko‘chasi tutashmasi (Firdavsiy bog‘i hududi) gacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
March 19, 2024, 8 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025