Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOZIRDA SUV INSHOOTLARI VA ULARNING YERLARI TURLI IDORALAR BALANSIDA TURIBDI. SHUNINGDEK, 2019 YILDA TUGATILGAN “SUVSOZ” BALANSIDA 2 MING 800 TA OB’YEKT QOLIB KETGAN. YANA 9 MINGTA OB’YEKTNING KADASTRI YO‘Q.

Hozirda suv inshootlari va ularning yerlari turli idoralar balansida turibdi. Shuningdek, 2019 yilda tugatilgan “Suvsoz” balansida 2 ming 800 ta ob’yekt qolib ketgan. Yana 9 mingta ob’yektning kadastri yo‘q.

 

Oqibatda bunday ob’yektlar bo‘yicha loyiha qilish va qurilishni boshlash cho‘zilmoqda. Mutasaddilarga barcha suv va kanalizatsiya ob’yektlari hujjatlarini tartibga keltirib, ob’yektlarni “Suvta’minot”ga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish topshirildi.

Hozirda xalqaro moliya tashkilotlari bilan energetika, transport, agrar, kommunal va ijtimoiy sohalarda 20 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Vazirlar, viloyat hokimlari joriy yil yakunigacha 4,5 milliard dollarlik ishlarni so‘zsiz bajarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Loyihani asossiz cho‘zib, ortiqcha foiz to‘lanishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi. 

Bosh prokuraturaga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

 
 
April 9, 2025, 6:05 p.m. |